date

Saudiya futbolida fojia, 16 yoshli futbolchi vafot etdi

Saudiya futbolida fojia, 16 yoshli futbolchi vafot etdi

Saudiya futbolidan qaygʻuli xabar keldi: “Al-Qodisiya” jamoasi safida toʻp surib kelgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed vafot etdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog e’lon qilib ma’lum qildi. Klub mamlakatning ikkinchi darajali ligasida ishtirok etadi va ayni paytda turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Al-Qodisiya” tarkibida italiyalik Mateo Retegi ham bor, u avvalroq “Atalanta” sharafini himoya qilgan. Yosh futbolchining oʻlimi sabablari hozircha rasman ochiqlanmadi, biroq norasmiy manbalarga koʻra, voqea yoʻl-transport hodisasi oqibatida sodir boʻlgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya futbolida fojia, 16 yoshli futbolchi vafot etdi