date

“Manchester Siti” va “Arsenal”: chempionlik uchun hal qiluvchi to‘qnashuv...

“Manchester Siti” va “Arsenal”: chempionlik uchun hal qiluvchi to‘qnashuv...

Bugun, 19 aprel kuni, 2025/2026 yilgi mavsum Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida markaziy va o‘ta muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda «Manchester Siti» hamda “Arsenal” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Bellashuv Manchester shahridagi mashhur “Etihad” stadionida o‘tkaziladi va uni bosh hakam sifatida Entoni Teylor boshqaradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Bu bahs chempionlik poygasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin bo‘lgan o‘yin sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Har ikki jamoa ham mavsum davomida yuqori formada harakat qilib, ochkolar uchun keskin kurash olib bormoqda. Ayniqsa, ular o‘rtasidagi o‘tgan uchrashuvlar tarixiga nazar tashlansa, har doim keskin va kutilmagan natijalar qayd etilgan.

Eʼtiboringizga jamoalarning so‘nggi besh rasmiy o‘yinlari natijalarini havola etamiz:

• Liga kubogi, final, 2026 yil 22 mart: “Arsenal” — «Manchester Siti» — 0:2

• APL, 5-tur, 2025 yil 21 sentyabr: “Arsenal” — «Manchester Siti» — 1:1

• APL, 24-tur, 2025 yil 2 fevral: “Arsenal” — «Manchester Siti» — 5:1

• APL, 5-tur, 2024 yil 22 sentyabr: «Manchester Siti» — “Arsenal” — 2:2

• APL, 30-tur, 2024 yil 31 mart: «Manchester Siti» — “Arsenal” — 0:0

Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, ikki jamoa o‘rtasidagi har bir uchrashuv juda keskin, kurashga boy va natijasi oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan o‘yinlardan biri hisoblanadi. Bugungi bahs esa mavsum taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan eng muhim to‘qnashuvlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” va “Arsenal”: chempionlik uchun hal qiluvchi to‘qnashuv...