"O'zbekneftgaz" debitorlik qarzdorligini 1,3 trln so'mga kamaytirdi

1 daqiqa o'qish714
"O'zbekneftgaz" debitorlik qarzdorligini 1,3 trln so'mga kamaytirdi

"O'zbekneftgaz" kompaniyasi joriy yil boshidan buyon debitorlik qarzdorligini 1,3 trln so'mga kamaytirdi. Bu haqda kompaniyaning moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo'yicha boshqaruv kengashi raisining birinchi o'rinbosari Suhrob Hamrayev ma'lum qildi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Birinchi chorak yakunlariga ko'ra, korxona asosiy ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini rejadan ortiq bajardi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 106 foizga, daromadlar 110 foizga, investitsiya ko'rsatkichlari 160 foizga va eksport hajmi 130 foizga yetdi. Shuningdek, tizim korxonalari davlat budjetiga 1,9 trln so'm soliq va majburiy to'lovlar o'tkazdi.

Geologiya-qidiruv va burg'ulash ishlari natijasida 2 mlrd kub metr tabiiy gaz va 40 ming tonna suyuq uglevodorod zaxiralari aniqlandi. Ikkinchi chorakda gaz zaxiralarini 5 mlrd kub metrga, suyuq uglevodorodlarni esa 100 ming tonnagacha oshirish rejalashtirilgan.

Aprel-iyun oylarida tabiiy gaz qazib olishni ko'paytirish dasturi doirasida 22 ta yangi quduq foydalanishga topshiriladi, 31 ta quduq kapital ta'mirlanadi va 21 ta texnik tadbir amalga oshiriladi. Ushbu choralar sutkalik gaz qazib olishni 6,7 mln kub metrga oshirish imkonini beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?