date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish»ning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi. Tailand klubi birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor darvozani ishg'ol qildi — 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kam bo'lib qoldi va bu vaziyat o'yindagi intriganing so'nishiga olib keldi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi