Saudiya Arabistonida fojia 16 yoshli futbolchi vafot etdi

Saudiya futbolida qayguli xabar: «Al-Qadisiya» jamoasi himoyachisi, 16 yoshli Turki Al-Saed hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog orqali ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Qadisiya» hozirda Saudiya Arabistonining kuchi bo‘yicha ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa safida italiyalik Mateo Retegi ham to‘p suradi.
Yosh futbolchining vafot sabablari rasmiy tarzda ochiqlanmadi. Biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fojea yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing