date

Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan tuzilgan kelishuvni katta ehtimol bilan uzaytirishini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassis hozirgi ish joyi unga juda yoqayotganini yashirmadi va Braziliyada ishlashni davom ettirish niyatida ekanini ta'kidladi.

"O'ylaymanki, Braziliya bilan shartnomamni to'rt yilga uzaytiraman. Bu men uchun yangi ish va u menga juda yoqdi", — deya Anchelottining so'zlarini Movistar keltirdi.

Anchelotti 2025 yil may oyida Madridning "Real" klubidan ketganidan so'ng Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida braziliyaliklar 2026 yilgi jahon chempionati saralashidan muvaffaqiyatli o'tdi.

Mundialda Braziliya Shotlandiya, Gaiti va Marokashga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin