date

Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan tuzilgan kelishuvni katta ehtimol bilan uzaytirishini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassis hozirgi ish joyi unga juda yoqayotganini ta’kidladi.

“O‘ylaymanki, Braziliya bilan shartnomani yana to‘rt yilga uzaytiraman. Bu men uchun yangi ish va u menga juda yoqadi”, — deya Anchelottining so‘zlarini Movistar keltirdi.

Anchelotti 2025 yil may oyida Madridning “Real” klubidan ketganidan so‘ng Braziliya terma jamoasi boshqaruvini qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida braziliyaliklar 2026 yilgi jahon chempionati saralashidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Mundial guruh bosqichida Braziliya Shotlandiya, Gaiti va Marokko bilan kuch sinashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi