date

PSJ darvozaboni Safonov olimpiyachi chang'ichilarga omad tiladi

PSJ darvozaboni Safonov olimpiyachi chang'ichilarga omad tiladi

«PSJ»ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov Olimpiada dasturidagi 50 km masofaga mo'ljallangan marafon poygalari arafasida chang'ichi sportchilar Darya Nepryayeva va Saveliy Korostelyovga murojaat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Safonov ularga omad tilab, poygada ular uchun muxlislik qilishini aytdi. Shuningdek, u xalqaro musobaqalarda Rossiya nomidan ishtirok eta olmagani sababli Darya va Saveliyga biroz havas qilayotganini ham yashirmadi.

Darvozabonning ta'kidlashicha, eng muhimi — startdan keyin Nepryayeva va Korostelyov o'z chiqishidan o'zlari mamnun bo'lishi.

Eslatib o'tamiz, Korostelyov skiatlon bahsida to'rtinchi bo'lib, Olimpiada medaligacha bir qadam yetmay qolgandi. Nepryayeva esa hozircha kuchli o'ntalikka kira olmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ darvozaboni Safonov olimpiyachi chang'ichilarga omad tiladi