date

Kompani Borussiya haqida o'ylamayapmiz Ayntraxni yutish shart

Kompani Borussiya haqida o'ylamayapmiz Ayntraxni yutish shart

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani «Ayntrax»ga qarshi uchrashuv oldidan tarkibdagi to'rt futbolchi sariq kartochkalar bo'yicha xavf ostida qolayotganiga qaramay, keyingi «Borussiya» bilan o'yinni hozirdan hisobga olayotgani haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, hozir uning butun e'tibori faqat Frankfurt jamoasiga qarshi bahsga qaratilgan. «Sariq kartochkalar bilan bog'liq vaziyatni bilamiz, lekin hammasini oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Hozir eng muhimi — «Ayntrax» ustidan g'alaba qozonish», — dedi Kompani Bayern & Germany nashriga.

Bundesliganing 23-turidan o'rin olgan «Bavariya» — «Ayntrax» uchrashuvi shanba, 21-fevral kuni bo'lib o'tadi. Bahs 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

«Bavariya»ning navbatdagi o'yini 28-fevral kuni Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Borussiya haqida o'ylamayapmiz Ayntraxni yutish shart