date

Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya Arabistoni futbolida qayg‘uli xabar: “Al-Qadisiya” safida to‘p surib kelgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed olamdan o‘tdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog e’lon qilib, ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Al-Qadisiya” Saudiya futbolining kuchi jihatidan ikkinchi ligasida ishtirok etadi va ayni paytda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa tarkibida italiyalik Mateo Retegi ham bor — u avvalroq “Atalanta” sharafini himoya qilgan.

Yosh futbolchining o‘limi sabablari hozircha ochiqlanmadi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya himoyachisi vafot etdi