Ortiqxo‘jayev “Dinamo”ga minnatdorchilik bildirdi, bahs maftunkor bo‘ldi

"Paxtakor" - "Dinamo" (4:2) uchrashuvidan so'ng, "Paxtakor" prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev "Dinamo" jamoasining kiyinish xonasiga kirib, ularning chiroyli va hujumkor o'yini uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, o'yin haqiqiy futbol ruhini namoyish etgan, yuqori sur'at va keskin kurash bilan ajralib turgan. Ortiqxo'jaev bunday o'yinlar Superligani yanada qiziqarli qilishini ta'kidladi. U "Dinamo"ning mag'lubiyatga qaramay ko'rsatgan jasur kurashi va hujumkor o'yini uchun jamoaga va murabbiylar shtabiga rahmat aytdi.
Superliganing 8-turi doirasida o‘tkazilgan “Paxtakor” — “Dinamo” (4:2) uchrashuvidan so‘ng Toshkent klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev Samarqand jamoasining kiyinish xonasiga kirib, ularning chiroyli, hujumkor va mardonavor o‘yini uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, bugungi bahs haqiqiy futbol ruhini ko‘rsatgan, yuksak surʼat, keskin kurash va tomoshabop vaziyatlar bilan esda qolgan uchrashuv bo‘ldi. Ortiqxo‘jayev bunday o‘yinlar Superligani yana-da qiziq va ommabop qiladigan asosiy omil ekanini aytdi.
«Yigitlar, bu futbol. Mag‘lubiyatga qaramasdan, “Dinamo”ning maydonda ko‘rsatgan mardonavor kurashi va hujumkor o‘yini uchun sizlarga hamda murabbiylar shtabiga katta rahmat», — dedi u.
Shuningdek, u hazilomuz tarzda Kubok finalida yana uchrashish ehtimolini ham tilga oldi va yana bir bor shunday jonli, ochiq va hujumkor futbol uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ortiqxo‘jayevning bu bayonoti muxlislar tomonidan ham ijobiy qabul qilinib, uchrashuvning sport ruhi va raqobat darajasi yuqori bo‘lganini yana bir bor tasdiqladi.






























Izohlar 0
…