Chuameni "Real Madrid"dagi qiyin davrlari haqida gapirdi

Aurelien Chuameni "Real Madrid"dagi qiyin davrlari haqida gapirib berdi. U o'yinlari pasaygan paytda muxlislar tomonidan tanqid qilinganini va bu vaziyatda faqat o'ziga e'tibor qaratib, ruhiy bosimni yengganini ta'kidladi. Hozirda Chuameni jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan bo'lsa-da, yaqinda Chempionlar ligasidan chiqib ketishda sababchi bo'lgani uchun tanqid ostiga olindi.
"Real Madrid" yarim himoyachisi Aurelien Chuameni jamoat va muxlislar tomonidan qattiq tanqid qilingan davrlari haqida so'zlab berdi. Futbolchi o'zining o'yinlari pasaygan paytda stadionda hushtak ovozlari ostida qolganini va aybdor qilib ko'rsatilganini tan o'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Fransuz futbolchining ta'kidlashicha, Madrid muxlislari juda talabchan bo'lib, har qanday xato darhol tanqidga uchraydi. Chuameni bunday vaziyatlarda faqat o'zining professional faoliyatiga e'tibor qaratish orqali ruhiy bosimni yengganini bildirdi.

Hozirda 26 yoshli yarim himoyachi "Real Madrid" tarkibining asosiy o'yinchisiga aylandi. Joriy mavsumda u 44 ta rasmiy o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Biroq, yaqinda Chempionlar ligasida "Bavariya"ga qarshi o'yinda sariq kartochka olgani sababli, jamoasi turnirdan chiqib ketgan hal qiluvchi bahsda ishtirok eta olmadi. Hozirda "Real Madrid" La Liga jadvalida "Barselona"dan 9 ochko orqada qolmoqda.































Izohlar 0
…