date

Edge brauzeri YouTube Premium funksiyasini bepul ishlatish imkonini berdi

Edge brauzeri YouTube Premium funksiyasini bepul ishlatish imkonini berdi

"Microsoft Edge" brauzerining mobil versiyasi "YouTube" videolarini fonda ijro etish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ushbu funksiya brauzerning "Edge Canary" eksperimental versiyasida paydo bo'lgan. Foydalanuvchilar boshqa vkladkalarga o'tganda yoki smartfonning asosiy ekraniga qaytganda ham video ovozi to'xtamaydi. Bu haqda 3dnews.ru xabar beradi.

Yana bir yangilik sifatida vkladkalar uchun tovush indikatorlari joriy etildi. Bu foydalanuvchilarga qaysi sahifada video yoki audio ishlayotganini tezda aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, kontekst menyusi orqali sayt tovushini yoqish yoki o'chirish mumkin.

Avvalroq "YouTube" platformasi pullik obunachilar bazasini kengaytirish maqsadida uchinchi tomon brauzerlarida fonda video ko'rish imkoniyatini cheklagan edi. "Microsoft" ushbu cheklovni aylanib o'tish yo'lini topdi. Mazkur funksiya "YouTube Premium" obunasi narxi oshgan bir paytda foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Edge brauzeri YouTube Premium funksiyasini bepul ishlatish imkonini berdi