Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli himoyachisini yoʻqotdi

Saudiya futbolidan qaygʻuli xabar: «Al-Qadisiya» jamoasi safida toʻp surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Said vafot etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rasmiy bayonot va nekrolog orqali maʼlum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Qadisiya» Saudiya Arabistoni ikkinchi kuchli ligasida ishtirok etadi va hozirda turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa tarkibida italiyalik Mateo Retegi ham bor — u avvalroq «Atalanta» sharafini himoya qilgan.
Yosh futbolchining oʻlimiga nima sabab boʻlgani hozircha rasmiy ravishda ochiqlanmadi. Biroq norasmiy maʼlumotlarga koʻra, fojea yoʻl-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing