Karrager Bude-Glimtni jiddiyroq hurmat qilishga chaqirdi

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager “Inter”ga qarshi o‘yindan so‘ng Norvegiyaning “Bude-Glimt” klubi haqida iliq fikr bildirdi. Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvda norveglar A Seriya vakilini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karragerning aytishicha, “Bude-Glimt” nomini eshitib “Inter” yutqazganini ko‘rish ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘lishi mumkin. Biroq u o‘yinni diqqat bilan tomosha qilganda jamoa qanday gollar urayotgani, futbolchilarning sifati va Chempionlar ligasi darajasidagi o‘yinini ko‘rish mumkinligini ta’kidladi hamda ularga ko‘proq hurmat bilan qarash kerakligini qo‘shimcha qildi.
“Inter” va “Bude-Glimt” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!