Keylor Navas Yevropadagi qashshoqlik yillarini esladi

Kosta-Rika darvozaboni Keylor Navas, avvalroq Madridning «Real» klubida ham to‘p surgan futbolchi, Yevropadagi ilk faoliyati davrida boshidan kechirgan moliyaviy qiyinchiliklari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Navasning aytishicha, 2009 yilda u «Albasete» safida o‘ynagan paytda klub jiddiy moliyaviy inqirozga yuz tutgan va futbolchilarga maosh berilmay qolgan. «Pul faqat ovqatga yetardi, xolos. Qizimning tug‘ilgan kunida unga istagan narsasini olib berishga va’da qilganman. Do‘konga borganda ichimdan: velosiped so‘ramasin, deb duo qilganman — bunga pulim yo‘q edi. U arzonroq narsa tanlagan, lekin o‘sha uyat hissi hanuz yodimda», — dedi darvozabon.
Qayd etilishicha, Navas oradan besh yil o‘tib, 2014 yilgi jahon chempionatida porlab, katta muvaffaqiyat va moliyaviy barqarorlikka erishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!