Real mudofaa uchun Bundesliga yulduzi sabab strategiyasini o'zgartirishi mumkin

Dortmundning «Borussiya» jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek hamon Madridning «Real» klubi transfer ro'yxatida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi haftalarda «qaymoqranglilar» vakillari 26 yoshli futbolchining imkoniyatlarini sinchiklab o'rganmoqda. Diario AS xabariga ko'ra, «qirollik klubi» ichida Shlotterbek markaziy himoyani kuchaytirish uchun hozircha eng maqbul variant ekani borasida ishonch tobora ortmoqda. «Real» 2019 yildan buyon yoshi 20 dan ancha katta futbolchilar uchun katta mablag' sarflashdan tiyilib keladi, biroq «asalarilar» sardorlaridan biri hisoblangan Shlotterbek uchun bu yondashuvdan chekinishga tayyor.
Kutilishicha, Shlotterbekni transfer qilish «Real»ga taxminan 50 mln yevroga tushadi. Himoyachining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!