Real Bundesligadagi himoyachi uchun strategiyasini o'zgartirmoqchi

Dortmundning «Borussiya» klubida to'p surayotgan markaziy himoyachi Niko Shlotterbek hamon Madridning «Real» jamoasi transfer ro'yxatidagi asosiy nomzodlardan biri bo'lib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi haftalarda «qaymoqranglilar» vakillari 26 yoshli futbolchining imkoniyatlarini sinchiklab o'rganmoqda. Diario AS xabariga ko'ra, «qirollik klubi» ichida Shlotterbek markaziy himoyani kuchaytirish uchun hozirda mavjud variantlar orasida eng ma'quli ekani tobora ko'proq e'tirof etilmoqda. «Real» 2019 yildan beri 20 yoshdan ancha katta bo'lgan futbolchilar uchun yirik mablag' sarflashdan tiyilib keladi, biroq «Borussiya» yetakchisi uchun bu tamoyildan chekinishga tayyor.
Kutilishicha, Shlotterbekni Madridga olib kelish «Real»ga taxminan 50 mln yevroga tushadi. Himoyachining dortmundliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!