date

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy berib bo'lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan hech bo'lmasa munosib yakun yasash imkoniyati edi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga hal bo'ldi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kamayib qoldi va bu o'yindagi intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi