date

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua LCHda mag'lub bo'ldi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua LCHda mag'lub bo'ldi

"Shanxay Shenhxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-off yo'llanmasi uchun barcha imkoniyatlarini boy berdi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs esa Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish bo'ldi, biroq kutilganidek natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda tailandliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram" birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor aniq zarba yo'llab, o'yin taqdirini amalda hal qildi. Oradan ko'p o'tmay "Shanxay Shenhxua" bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kam qolganidan keyin intriga butunlay so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijining "Shanxay Shenhxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua LCHda mag'lub bo'ldi