Prestianni UEFAga Vinisiusga aytgan so'zini tushuntirdi

UEFA Chempionlar ligasida «Benfika» — «Real» uchrashuvida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Avvalroq Vinisius Junior «Benfika» futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilik ruhidagi haqorat ishlatganlikda ayblagandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
ESPN xabariga ko'ra, Prestianni UEFAga ko'rsatma bergan. Argentinalik futbolchi ispan tilida irqchilik haqorati sifatida talqin qilinadigan «mono» so'zini aytganini inkor etdi. Uning ta'kidlashicha, u «m» harfi bilan boshlanuvchi, talaffuzi o'xshash boshqa haqoratli so'zni ishlatgan — mazkur so'z irqchilikka aloqador emas, biroq noan'anaviy jinsiy orientatsiyadagi erkakni kamsitish ma'nosini anglatadi.
Qayd etilishicha, hodisa paytida Prestianni og'zini futbolkasi bilan berkitib turgan, shu bois lab o'qish bo'yicha mutaxassislarni jalb qilish amalda samara bermaydi.
Uchrashuvda «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!