Luis Enrike PSJ uchun Chelsini maqul raqib deb atadi

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida jamoasi uchun qaysi raqib ma'qulroq ekanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parij klubi pley-offning stykov bosqichida "Monako"dan o‘tib ketsa, keyingi raundda "Barselona" yoki "Chelsi" bilan to‘qnash keladi. Dastlabki uchrashuvda PSJ safarda monakoliklarni 3:2 hisobida mag‘lub etgan.
Enrike fikricha, ehtimoliy variantlar ichida "Chelsi" PSJ uchun qulayroq. U "Barselona"ning o‘yinni ishonchli nazorat qilishi, yuqori pressing qo‘llashi va tarkibida bir lahzada o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilar ko‘pligini alohida ta'kidladi.
"Agar tanlash imkonim bo‘lsa, "Chelsi"ni tanlardim. "Barselona"ga qarshi o‘ynaganda faqat jamoaga emas, butun bir g‘oyaga ham qarshi turasan, bu esa vazifani yanada murakkablashtiradi", — deya Enrikening so‘zlarini ispan OAV keltirdi.
Chempionlar ligasi 1/8 final bahslari mart oyida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!