Slutskiy jamoasi OCHLdagi so'nggi uchrashuvda mag'lub bo'ldi

“Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahsda Leonid Slutskiy shogirdlari turnir bilan xayrlashishdan avval hech bo'lmasa munosib natija ko'rsatishga urindi, ammo buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida “Buriram Yunayted” foydasiga yakunlandi. Tailand klubi birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Oradan ko'p o'tmay “Shanxay Shenxua” bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamchilikda qoldi va o'yindagi intriga deyarli yo'qoldi.
Qayd etish joiz, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!