Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida to‘p surgan sobiq yarim himoyachi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futboli holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning ta’kidlashicha, Italiya futboli inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: klublar legionerlar hisobiga natija chiqarib turgan bo‘lsa-da, terma jamoaning darajasi past va jahon chempionatiga chiqmay qolish xavfi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Jennaro Gattuzo shogirdlari yo‘llanma uchun pley-off uchrashuvlarida qatnashadi.
2026 yilgi mundial yoz oylarida Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqaga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!