date

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina Futbol Assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

U bilan birga tashkilot g'aznachisi Pablo Tovigino ham ishda figurant sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari har ikkisini ham mamlakatni tark etishini vaqtincha taqiqladi.

So'roq 5 mart kuni o'tkazilishi belgilangan. Tergov AFA tomonidan davlat g'aznasiga ijtimoiy ajratmalar bo'yicha 13 million dollar yetishmayotgani aniqlangach boshlangan.

Shuningdek, Tapia mulkida qayd etilgan, 10 gektarlik hududga ega va vertolyot maydonchasi bor qo'rg'on ham tekshiruv diqqat markaziga tushgan.

Prokuraturani futbolchilarga berilgan bonuslar miqdori ham qiziqtirmoqda: ma'lumotlarga ko'ra, bu raqam Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham kamroq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi