Ronaldu yirik gʻalabadan keyin fikrlarini bildirdi va dubl qayd etdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Al-Hazm»ga qarshi 4:0 hisobidagi ishonchli gʻalabadan soʻng oʻyindan olgan taassurotlarini aytib oʻtdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik yulduz uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishgʻol qilib, jamoasining Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida yana peshqadamlikka qaytishiga katta hissa qoʻshdi.
«Hammasi yana avvalgidek. Biz qaytdik, toʻgʻri yoʻldamiz va oʻzimizga ishonchimiz baland, hammasi joyida. Maqsad sari qadam-baqadam ketayapmiz. Hozir yaxshi formadamiz. Keyin nima boʻlishini koʻramiz», — deya Ronalduning soʻzlarini Al Nassr Zone keltirdi.
22 turdan keyin «Al-Nasr» 55 ochko bilan Saudiya ligasida yetakchilik qilmoqda va «Al-Hilol»dan bir ochkoga oldinda. 25-fevral kuni Jorge Jezush jamoasi safarda «Al-Najma»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!