Agent Makarovning jarohatdan keyingi holatini ma'lum qildi

Turkiyaning "Kayserispor" klubida to'p surayotgan Denis Makarovning agenti Aleksey Babir mijozining ayni paytdagi ahvoli haqida ma'lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, moskvalik "Dinamo"dan "Kayserispor"ga ko'chib o'tgan hujumchi yaqinda yengil shikast olgandi.
Agentning aytishicha, Makarov to'liq tiklangan va butun hafta davomida jamoa bilan umumiy guruhda to'laqonli mashg'ulot o'tkazmoqda. Futbolchiga yangi jamoada moslashish jarayoni qulay kechayotgani, faqat o'sha kichik jarohat uning maydonga ilk daqiqalardan tushishini kechiktirgani ta'kidlandi.
Makarov Turkiyada hozircha bir uchrashuvda maydonga tushib, 30 daqiqa harakat qildi.
Yakshanba kuni "Kayserispor" Turkiya chempionatining 23-turi doirasida "Antalyaspor"ga qarshi bahs o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!