date

Kivu Interga kambek uchun nimalar zarurligini aytdi

Kivu Interga kambek uchun nimalar zarurligini aytdi

Milaning “Inter” jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi pley-offida “Bude-Glimt”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan kutilyotgan vazifalar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik grand Norvegiyadagi ilk bahsda 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Qarama-qarshilik taqdiri seshanba, 24-fevral kuni “San-Siro”da hal bo‘ladi.

Kivu ta’kidlashicha, “Inter” qaytish uchun maydonda maksimal ishonch va yuqori intensivlikda o‘ynashi shart. Murabbiy birinchi o‘yinda ham imkoniyatlar bo‘lganini, jamoa ikki bor to‘pni ustunga tekkizganini eslatdi. Shu bilan birga, raqibning tezkor qarshi hujumlari muammo tug‘dirganini aytib, javob bahsida aynan shu jihatda yanada hushyor bo‘lish kerakligini urg‘uladi. “Men yigitlardan aynan o‘sha kuni eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishini so‘rayman”, dedi u A Seriyada “Lecce” ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyingi matbuot anjumanida.

“Inter” – “Bude-Glimt” uchrashuvi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu Interga kambek uchun nimalar zarurligini aytdi