Kivu Interga kambek uchun nimalar zarurligini aytdi

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi pley-offidagi «Bude-Glimt»ga qarshi javob o‘yinidan nimalarni kutayotganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik grand ilk uchrashuvni Norvegiyada 1:3 hisobida boy bergandi. Qarama-qarshilik taqdiri 24-fevral, seshanba kuni «San-Siro»da hal bo‘ladi.
Kivuning ta’kidlashicha, «Inter»ga vaziyatni o‘nglash uchun maydonda o‘ziga ishongan va yuqori intensivlikda futbol kerak. Murabbiy birinchi o‘yinda ham jamoasida yaxshi imkoniyatlar bo‘lganini, hatto ikki bor to‘p ustunga tekkanini eslatdi. Biroq raqibning qarshi hujumlari muammo tug‘dirgan, shu bois javob bahsida bu jihatda yanada ehtiyotkorlik talab etiladi. «Men yigitlardan aynan o‘sha kuni eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishini so‘rayman», dedi Kivu «Lechche» ustidan A Seriyadagi 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyingi matbuot anjumanida.
«Inter» – «Bude-Glimt» uchrashuvi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!