Jahon chempioni Gotse Ronaldu jamoasiga o‘tishga tayyor

Frankfurtning «Ayntraxt» klubida to‘p surayotgan hujumkor yarim himoyachi Mario Gotse Germaniya chempionatini tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olish ehtimolini istisno qilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, agar «Al-Nasr»dan taklif tushsa, u bu variantni jiddiy ko‘rib chiqadi. Gotse bu jamoada Krishtianu Ronaldu ham o‘ynayotganini eslatib, gap faqat bitta klubda emas, balki Saudiya chempionatining qanchalik tez rivojlanayotganida ekanini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Gotse va «Ayntraxt» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda u Frankfurt jamoasi safida 25 uchrashuvda qatnashib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing