Slutskining Shanxay Shenxua jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan so'ng pley-off yo'llanmasi uchun kurash imkonini boy berdi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy shogirdlari uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, ammo ijobiy yakun kelmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar dastlabki bo'limning o'zida ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Oradan ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchiga kam bo'lib qolgani intriga so'nishiga sabab bo'ldi.
Ta'kidlash joiz, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing