date

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

"Shanxay Shenchxua" Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskij shogirdlari "Buriram Yunayted"ga qarshi hech bo'lmasa musobaqa bilan xayrlashuv oldidan ijobiy natija qayd etishga urinib ko'rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. "Buriram Yunayted" birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko'p o'tmay "Shanxay Shenchxua" bir futbolchiga kam bo'lib qoldi va bu holat o'yindagi intriga deyarli yo'qolishiga olib keldi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijning "Shanxay Shenchxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi