date

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenhxua» yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish» rejalari amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning dastlabki bo‘limida «Buriram» ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko‘rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifiga aylandi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenhxua» bir futbolchisini yo‘qotib, kamchilikda qolib ketdi va bu holat o‘yin intrigasini deyarli tugatdi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskijning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi