Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua musobaqani mag'lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenxua» yetti turdan so'ng pley-off yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini boy berdi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, biroq bu safar ham «eshikni qarsillatib yopish»ning iloji bo'lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilgach, o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!