Arbeloa Mbappe holati va maydonga tayyorligini aytdi

“Real” ustozi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilyan Mbappening jismoniy holati haqida fikr bildirdi. Xabarlarga ko‘ra, fransuz futbolchisi yil boshidan beri tizzasidagi noqulaylikni sezib kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Murabbiy Mbappening ertangi o‘yinga tayyor ekanini ta’kidladi. Arbeloa so‘nggi haftalarda futbolchi juda faol ishlaganini, uning mehnati va jamoaga sodiqligini alohida qayd etdi. Uning aytishicha, Mbappe maydonda katta foyda keltiryapti va istalgan vaziyatda o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi sifatida himoyachilarni doim hushyor turishga majbur qiladi.
“Real” 25 fevral kuni “Benfika”ni qabul qiladi. Ilk uchrashuvda Arbeloa jamoasi Lissabonda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing