Slutskiy boshchiligidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng pley-off umidlarini yo‘qotgan «Shanghai Shenhua» 8-turda «Buriram United»ga qarshi hech bo‘lmasa turnir bilan munosib xayrlashishga urinib ko‘rdi. Biroq Leonid Slutskiy jamoasi bu safar ham istagan natijaga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi uchrashuvni 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. «Buriram United» birinchi bo‘limning dastlabki qismidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanghai Shenhua» bir futbolchiga kamayib qoldi va bu holat o‘yin intrigasini amalda yo‘qqa chiqardi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanghai Shenhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!