Marselo Galyardo River Pleytni tark etishga qaror qildi

Argentina grand klubi «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etish niyatida ekanini ma’lum qildi. Klub bu haqdagi bayonotni rasmiy saytida e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Argentina chempionati doirasida «Banfild»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng lavozimini topshiradi. O‘yin 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Galyardoning ixtiyoriy ketishiga jamoaning so‘nggi natijalari sabab bo‘lgani aytilmoqda: hozir «River Pleyt» turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Galyardo murabbiylik faoliyati davomida «River Pleyt»ni ikki marta boshqargan. 2014–2022 yillar oralig‘ida u jamoa bilan 14 ta sovrin qo‘lga kiritib, Argentina chempionligi hamda Libertadores kubogida ikki bor g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing