date

Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o'tkaziladi. Mahalliy futbol federatsiyasi atrofida navbatdagi korrupsiya mojarosi avj olgani bunga sabab bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

E'tiborlisi, 7 va 8-tur o'yinlari reja bo'yicha o'tkaziladi, tanaffus esa aynan 9-turga to'g'ri keldi. Taqvimga ko'ra, bu tur bahslarini 5–8 mart kunlari o'tkazish belgilangan, biroq 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kerak.

derbyderbyderby.it xabariga ko'ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to'lovlari bilan bog'liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliqlardan bo'yin tovlangani aytilmoqda. Yevro hisobida bu qariyb 12 millionni tashkil etadi. Shuningdek, federatsiya tuzilmasi pul yuvish jarayonlarida ham ishtirok etgan bo'lishi mumkinligi haqida shubhalar bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi