Slutskij boshqaruvidagi Shanxay ACLda so'nggi o'yinda yutqazdi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish bo'ldi, biroq "eshikni qarsillatib yopish"ning iloji chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram" birinchi bo'limning avvalidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat gol urdi. Oradan ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchisidan ayrilib, kamchilikda qolib ketdi va o'yindagi intriga amalda yo'qoldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!