Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua mag‘lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanxay Shenhxua” yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish bo‘ldi, biroq kutilgan “eshikni qarsillatib yopish” amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Buriram Yunayted” ilk bo‘limning boshidayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenhxua” bir futbolchiga kamayib qoldi va bu o‘yin atrofidagi intriga deyarli so‘ndi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenhxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!