Ignatyev Safonovning Shevalyega yutqazishi mumkinligini aytdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi Vladislav Ignatyev «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning hozirgi o‘yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ignatyevga ko‘ra, Safonov asosiy darvozabon maqomini haqli ravishda qo‘lga kiritgan, biroq top-klubda bo‘shashishga o‘rin yo‘q. U ikki-uchta uchrashuvda omadsiz harakat qilsa, raqobatda Shevalyega imkoniyatni boy berib qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi.
Joriy mavsumda Safonov Parij jamoasi safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol o‘tkazib yubordi. Rossiyalik posbon 2024 yil yozidan beri fransuz grandi sharafini himoya qilmoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing