PSJ Matvey Safonovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

25-fevral, chorshanba kuni Rossiya terma jamoasi va fransuzning «PSJ» klubi darvozaboni Matvey Safonov tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Bugun golkiper 27 yoshga to'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parij klubi matbuot xizmati rossiyalik futbolchini bayram bilan qutladi.
«Tug'ilgan kuning bilan, Matvey», — deyiladi UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi tomonidan e'lon qilingan tabrikda.
Safonov 2024 yilda «Krasnodar»dan «PSJ» safiga qo'shilgandi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
25-fevral kuni «PSJ» Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi javob uchrashuvida «Monako»ni qabul qiladi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing