Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida "Shanxay Shenxua" yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda jamoa faqat "Buriram Yunayted"ga qarshi o‘yinda turnir bilan xayrlashishdan avval ijobiy natija ko‘rsatishga urinib ko‘rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida Tailand klubi foydasiga yakunlandi. "Buriram Yunayted" birinchi bo‘limning ilk daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yin taqdirini hal qildi. Oradan ko‘p o‘tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchisini yo‘qotib, kam sonli bo‘lib qoldi va intriga deyarli so‘ndi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskijning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing