date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanghai Shenhua” yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi musobaqani tark etish oldidan so‘nggi bor o‘zini ko‘rsatishga urinib ko‘rdi, biroq bu safar ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand vakili “Buriram United” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridayoq mezbonlar ikki bor gol urib, o‘yinni o‘z nazoratiga oldi. Oradan ko‘p o‘tmay “Shanghai Shenhua” bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamchilikda qolganidan keyin intriga deyarli so‘ndi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanghai Shenhua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi