date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Buriramga yutqazib turnirni yakunladi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Buriramga yutqazib turnirni yakunladi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yettinchi turdan keyin pley-off yo‘llanmasi uchun barcha imkoniyatlarini boy berdi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy shogirdlari uchun faqat turnir bilan chiroyli xayrlashish imkoniyati edi, biroq bu ham amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» ilk bo‘limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi — 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisini yo‘qotib, maydonda kamchilikda qoldi va bu vaziyat o‘yin taqdirini deyarli hal qilib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Buriramga yutqazib turnirni yakunladi