Buffffon Inter hujumchisi Esposito haqida katta gapirdi

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon «Inter»ning yosh forvardi Franchesko Pio Esposito haqida iliq fikrlar bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Buffonning aytishicha, Esposito ko‘pchilik kutganidan ham kuchliroq o‘yin ko‘rsatishi mumkin. «U barcha kutganlaringizdan ham oshib tushadi. Agar men «Inter»da bo‘lganimda, tavakkal qilib, aynan unga ishonch bildirardim. Bu o‘ziga xos yigit — juda kamtar, haqiqiy professional», — deya Buffonning so‘zlarini keltiradi Nerazzurri Society.
Esposito «Inter» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 20 yoshli hujumchi barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Franchesko Pio Espositoning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!