date

Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtab o‘tdi

Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtab o‘tdi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Floran Sinama-Pongol Rossiya darvozaboni Matvey Safonovning “PSJ”dagi o‘yinlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Veteran futbolchi RPLni muntazam kuzatmasligini aytdi, biroq Safonov Fransiya va Yevropada doim diqqat markazida ekanini ta’kidladi.

“Rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etyapti. Xuddi shunday, “PSJ”dagi Safonov ham o‘z ishini yaxshi bajaryapti”, — deya uning so‘zlarini РИА Новости keltirdi.

2025/2026 yilgi mavsumda Safonov parijliklar safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u o‘z darvozasiga belgilangan 7 penaltining 5 tasini qaytardi.

Bugun, 25 fevral kuni Safonov 27 yoshga to‘ldi. Klub uni tug‘ilgan kuni bilan iliq tabrikladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtab o‘tdi