Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Safonovni maqtadi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Floran Sinama-Pongol Rossiya darvozaboni Matvey Safonovning “PSJ” safidagi o‘yinlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Veteran futbolchi Rossiya chempionatini muntazam kuzatmasligini aytdi, biroq Safonov Fransiyada ham, Yevropa miqyosida ham doimo e’tiborda ekanini ta’kidladi.
“Rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida yaxshi ko‘rinmoqda. “PSJ”dagi Safonov ham o‘z ishini a’lo darajada bajaryapti”, — deya uning so‘zlarini RIA Novosti keltiradi.
2025/2026 yilgi mavsumda Safonov parijliklar safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u o‘z darvozasiga belgilangan 7 ta penaltidan 5 tasini qaytardi.
Bugun, 25 fevral kuni Safonov 27 yoshga to‘ldi. Klub darvozabonni tug‘ilgan kuni bilan iliq tabrikladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!