Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Safonovni maqtab chiqdi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Floran Sinama-Pongol Rossiya darvozaboni Matvey Safonovning «PSJ» safidagi o'yinlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Veteran futbolchi Rossiya Premyer-ligasini muntazam kuzatmasligini aytdi, biroq Safonov hozir Fransiyada ham, Yevropada ham e'tibor markazida ekanini ta'kidladi.
«Rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida yaxshi ko'rinish bermoqda. «PSJ»dagi Safonov ham o'z ishini puxta bajaryapti», — deya Sinama-Pongolning so'zlarini keltiradi RIA Novosti.
2025/2026 yilgi mavsumda Safonov parijliklar tarkibida 10 uchrashuv o'tkazib, ularda 4 ta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, u o'z darvozasiga belgilangan 7 penaltidan 5 tasini qaytardi.
Bugun, 25 fevral kuni Safonov 27 yoshga to'ldi. Klub uni tug'ilgan kuni bilan iliq tabrikladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!