Real yozda Gregor Kobelni jamoaga olib kelmoqchi

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida darvozabonlar chizigini kuchaytirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Xorxe Pikon xabariga ko'ra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya»si posboni Gregor Kobel variantini ko'rib chiqmoqda. Shveysariyalik darvozabon «Real» uchun ushbu pozitsiyada asosiy nishon sifatida qayd etilmoqda.
Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan «Borussiya»ga 15 million yevro evaziga o'tgandi. Uning Dortmund klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Kobelning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!